2025- yil 5- oktabrdan 30- oktabrgacha quyidagi statistika hisobot turlari taqdim etish muddatlari yaqinlashayotganligini eslatamiz:

5-oktabr
12 korxona shakli Tashkilot faoliyati to‘g‘risida hisobot. Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslar (kichik korxonalar, mikrofirma va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilaridan tashqari), tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslarning alohida bo‘linmalari va notijorat tashkilotlar.
12 korxona (savdo) (12 korxona shakliga ilova) Hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning ulgurji va chakana savdo tovar aylanmasi to‘g‘risida hisobot. Hududiy alohida bo‘linmalarga ega yuridik shaxs bo‘lgan ulgurji, chakana savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi va ovqatlanish tashkilotlari (kichik korxonalar, mikrofirma va qishloq xo‘jaligi tashkilotlaridan tashqari).
12 korxona (xizmat) (12 korxona shakliga ilova) Hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar to‘g‘risida hisobot. Yuridik va jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatuvchi hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan tijorat tashkilotlari (kichik korxonalar, mikrofirma va qishloq xo‘jaligi tashkilotlaridan tashqari) hamda notijorat tashkilotlar.
4 sanoat (mahalliylashtirish) Mahsulotlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish chora-tadbirini amalga oshirish to‘g‘risida hisobot. Mahalliylashtirish dasturini amalga oshirishda qatnashayotgan tashkilotlar.
4 sanoat (metall) Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari-idoraviy bo‘ysunishdagi xo‘jalik subyektlari bo‘yicha yig‘ma ma’lumotlar; Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari-hududiy bo‘ysunishdagi xo‘jalik subyektlari bo‘yicha yig‘ma ma’lumotlar.
4 fx Fermer xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobot. Fermer xoʻjaliklari.
4 dx Dehqon va tomorqa xoʻjaliklari faoliyati toʻgʻrisida hisobot. Mahalla fuqarolar yigʻinlari.
4 daftar Elektron onlayn-auksionlar asosida ijaraga berilgan yer uchastkalarida tashkil etilgan dehqon xoʻjaliklarining qishloq xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisida hisobot. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari – (“Temir daftar”ga kiritilganlar faoliyati bo‘yicha) ; Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining tuman (shahar) boʻlimlari – (“Ayollar daftari”ga kiritilganlar faoliyati boʻyicha); Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) boʻlimlari – (“Yoshlar daftari”ga kiritilganlar faoliyati boʻyicha); Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining tuman (shahar) boʻlimlari – (“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilmagan fuqarolarga ijaraga berilgan yer maydonlari boʻyicha).

4 transport Avtomobil, elektr (tramvay, metropoliten, trolleybus) transporti ishi to‘g‘risida hisobot. O‘z balansida yoki ijaraga olgan beshdan ortiq avtomobillari bo‘lgan yuridik shaxslar (notijorat tashkilotlar, kichik korxonalar va mikrofirmalardan tashqari); Elektr transportida yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar.
3 pilla Pilla xaridi toʻgʻrisidagi hisobot. Pilla tayyorlovchi tashkilotlar.

6- oktabr
12 korxona (sanoat) (12 korxona shakliga ilova) hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning sanoat mahsuloti ishlab chiqarish to‘g‘risidagi hisoboti “Hududgazta’minot” AJ
4 mehnat Mehnat hisoboti. Yuridik shaxslar, yuridik shaxslarning alohida bo‘linmalari (kichik korxona va mikrofirmalar, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, jamoat birlashmalari, ijtimoiy fondlar, nodavlat muassasalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan tashqari).
4 invest (asosiy) Investitsiya faoliyati, bino va inshootlarni foydalanishga topshirish to‘g‘risida hisobot. 1,2,4 va 5-boblar: Barcha iqtisodiy faoliyat turlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar, qurilish xo‘jalik boshqaruvi organlarini qo‘shgan holda (kichik korxonalar, mikrofirmalar, fermer xo‘jaliklari, notijorat tashkilotlardan tashqari); 3-bob: Investitsiya loyihasi ijrochilari (tashabbuskorlari); 6-bob: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklari va Toshkent shahar injiniring kompaniyalari hamda boshqa yuridik shaxslar.
3 paxta Paxta xom ashyosini tayyorlash toʻgʻrisida hisobot. Paxta xomashyosini tayyorlovchi tashkilotlar.

18- oktabr
12-moliya shakli Tashkilotning moliyaviy ahvoli to‘g‘risida hisobot Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslar (kichik korxona va mikrofirmalar, dexqon va fermer xo‘jaliklari, banklar, sug‘urta tashkilotlaridan tashqari), tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslarning alohida bo‘linmalari.
20- oktabr
4 MIZ Maxsus iqtisodiy zona, kichik sanoat zona, texnopark ishtirokchisi bo‘lgan tashkilotlar va klasterlar faoliyati to‘g‘risida hisobot. Erkin iqtisodiy zona, maxsus ilmiy-texnologik zona, turistik-rekreatsion zona, erkin savdo zonasi, maxsus sanoat zonasi, kichik sanoat zonasi, texnopark ishtirokchisi bo‘lgan yuridik shaxslar, klasterlar, ularning alohida bo‘linmalari (kichik tadbirkorlik subyektlarini qo‘shgan holda).
25- oktabr
4 qurilish (jismoniy) Jismoniy shaxslar tomonidan obyektlar qurilishi to‘g‘risidagi hisobot. Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari
29- oktabr
4 invest (xorijiy) O‘zbekiston Respublikasiga chet eldan kiritilgan investitsiyalar va o‘zbekiston respublikasidan chet elga yo‘naltirilgan investitsiyalar to‘g‘risida hisobot. Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar, chet eldan moliyaviy va nomoliyaviy mablag‘ olgan tashkilotlar, chet elga investitsiyalashni amalga oshiruvchi korxonalar, eksport (import) operatsiyalarini amalga oshirgan korxonalar (banklar va boshqa kredit tashkilotlaridan tashqari).


Statistika hisobotini taqdim etish muddatining so‘nggi kuni dam olish yoki bayram (ishlanmaydigan) kunga to‘g‘ri kelsa, undan keyin keladigan birinchi ish kuni muddat tugaydigan kun deb hisoblanadi.
Eslatma: Statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzish, hisobot ma’lumotlarini buzib ko‘rsatish yoki hisobotlarni taqdim etish muddatlarini buzish ma’muriy jarima solishga sabab bo‘ladi (O‘zR MJTK 215-modda).