Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra 2025-yilning yanvar-avgust oylarida turistik agentliklar, turoperatorlar xizmatlari, bron qilish va u bilan bogʻliq boshqa xizmatlar hajmi 2,2 trln soʻmni tashkil etgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirganda 44 % ga oshgan.

Turistik agentliklar tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha TOP-5 hududlar:

Toshkent shahri – 1,7 trln soʻm

Samarqand viloyati – 305 mlrd soʻm

Xorazm viloyati – 73,1 mlrd soʻm

Toshkent viloyati – 52,2 mlrd soʻm

Buxoro viloyati – 31,9 mlrd soʻm

Mazkur hududlar hajmi ushbu xizmatlarning umumiy hajmida 97,1 % ulushni tashkil qilgan.

turistik-agent_p36694