Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar–avgust oylarida jami qariyb 5,2 mln nafar xorij fuqarolari qarindoshlarini yoʻqlash uchun Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 1,2 mln nafarga yoki 28,9 % ga oshgan.

Mazkur davrda Oʻzbekistonga eng koʻp qarindoshlarini yoʻqlash uchun kelgan TOP-15 davlat fuqarolari:

Qirgʻiz Respublikasi – 1,8 mln nafar;

Qozogʻiston – 1,5 mln nafar;

Tojikiston – 1,4 mln nafar;

Rossiya – 353,7 ming nafar;

Turkiya – 30 ming nafar;

Turkmaniston – 15,8 ming nafar;

Xitoy – 4,4 ming nafar;

Ozarbayjon – 4,1 ming nafar;

Ukraina – 3,7 ming nafar;

Belarus – 3,4 ming nafar;

Koreya Respublikasi – 3,3 ming nafar;

Germaniya – 2,7 ming nafar;

Isroil – 2,1 ming nafar;

AQSH – 1,9 ming nafar;

Buyuk Britaniya – 1,4 ming nafar;

Boshqa davlatlar – 14,5 ming nafar.

qarindoshlarni-yoqlash_p98302