Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar- avgust oylarida Oʻzbekistonda sport, koʻngilochar va dam olishni tashkil qilish sohasida 2,9 trln soʻmlik xizmatlar koʻrsatilgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirganda 14,9 % ga oʻsgan.
Mazkur xizmatlarning hududlar kesimidagi hajmi quyidagicha:
Qoraqalpogʻiston Resp. – 24,9 mlrd soʻm
Andijon viloyati – 78,2 mlrd soʻm
Buxoro viloyati – 60,3 mlrd soʻm
Jizzax viloyati – 73,6 mlrd soʻm
Qashqadaryo viloyati – 114 mlrd soʻm
Navoiy viloyati – 54,3 mlrd soʻm
Namangan viloyati – 91,9 mlrd soʻm
Samarqand viloyati – 169,8 mlrd soʻm
Sirdaryo viloyati – 37,1 mlrd soʻm
Surxondaryo viloyati – 27 mlrd soʻm
Toshkent viloyati – 448,3 mlrd soʻm
Fargʻona viloyati – 358,4 mlrd soʻm
Xorazm viloyati – 112,7 mlrd soʻm
Toshkent shahri – 1,2 trln soʻm



