Milliy statistika qoʻmitasining 2025-yil yanvar-avgust oylarida oʻtkazilgan uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvi maʼlumotlariga asosan, Oʻzbekistonda qishloq joylarida yashovchilarning 93,9 foizi internetdan foydalanadi.

Mazkur davrda ushbu koʻrsatkich shahar joylarda yashovchilarda 94,3 % qayd etilgan.

Yillar kesimida qishloq joylarda yashovchi internetdan foydalanuvchi aholi ulushi:

2021-yil – 72,3 %;

2022-yil – 81,8 %;

2023-yil – 87,6 %;

2024-yil – 92,6 %;

2025-yil (yanvar-avgust) – 93,9 %.

 

Yillar kesimida shahar joylarda yashovchi internetdan foydalanuvchi aholi ulushi:

2021-yil – 79,4 %;

2022-yil – 86,1 %;

2023-yil – 90,4 %;

2024-yil – 94 %;

2025-yil (yanvar-avgust) – 94,3 %.

 

internet_p85740