Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakatimizda 2020- yilning yanvar–sentabr oylarida metallurgiya sanoati korxonalari tomonidan 55,2 trln. so‘m qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. 2019- yilning yanvar–sentabr oylariga nisbatan mazkur tarmoqning fizik hajm indeksi 103,7 % ni tashkil etdi.

Metallurgiya sanoati korxonalari tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmida eng yuqori ulush Navoiy viloyati
56,7 %, Toshkent viloyati 36,2 %, hamda Toshkent shahri 5,6 % hissasiga to‘g‘ri keldi.

Ma'lumot o‘rnida, joriy yilning yanvar–sentabr oylarida 859,4 mln. AQSh dollarlik metallurgiya sanoati mahsulotlari eksporti amalga oshirildi. Bu respublika umumiy eksport hajmining 6,9 % ini tashkil etdi.
Axborot xizmati


