Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar—avgust oylarida O‘zbekistonda yirik korxona va tashkilotlar tomonidan 42,8 trln so‘m qurilish ishlari bajarilib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 24,9 % ga oshdi.

Yirik korxona va tashkilotlar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining barcha turdagi korxona va tashkilotlar tomonidan bajarilgan jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 22,7 % ni tashkil etdi.

Ushbu ko‘rsatkichning yillar kesimidagi dinamikasi quyidagicha (yanvar—avgust):

2021-yil — 16,8 trln so‘m

2022-yil — 21,6 trln so‘m

2023-yil — 23,6 trln so‘m

2024-yil — 34,6 trln so‘m

2025-yil — 42,8 trln so‘m

62c323d31b712-62c323d31b714-62c323d31b715-62c323d31b716_p25294