Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-avgust oylarida sog‘liqni saqlash sohasidagi bozor xizmatlari hajmi 12,7 trln so‘mni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12,6 % ga oshgan. Jami ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmida ushbu xizmat turining ulushi 2,0 % ni tashkil etdi.
Hududlar kesimida sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar hajmi:
Toshkent shahri – 5,9 trln so‘m
Toshkent viloyati – 1,3 trln so‘m
Samarqand viloyati – 938,4 mlrd so‘m
Farg‘ona viloyati – 819,5 mlrd so‘m
Namangan viloyati – 582,9 mlrd so‘m
Andijon viloyati – 577,5 mlrd so‘m
Buxoro viloyati – 502,7 mlrd so‘m
Qashqadaryo viloyati – 475,1 mlrd so‘m
Xorazm viloyati – 437,4 mlrd so‘m
Surxondaryo viloyati – 316,8 mlrd so‘m
Jizzax viloyati – 306,3 mlrd so‘m
Qoraqalpog‘iston Resp. – 223,2 mlrd so‘m
Sirdaryo viloyati – 221,2 mlrd so‘m
Navoiy viloyati – 207,4 mlrd so‘m



