Milliy statistika qoʻmitasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar–avgust oylarida Oʻzbekiston 8 ta xorijiy davlatga qiymati 554,9 ming AQSH dollariga teng boʻlgan 486,6 tonna nok eksport qilgan.

Nok eksporti hajmi 2024-yilning mos davriga nisbatan 60,7 tonnaga kamaygan boʻlsa-da, qiymati 25,2 foizga oshgan.

8 oyda Oʻzbekiston nok yetkazib bergan davlatlar:

Rossiya – 251,7 tonna;

Qozogʻiston – 121,8 tonna;

Qirgʻiziston – 57,1 tonna;

Turkmaniston – 31,9 tonna;

Eron – 19,6 tonna;

Tojikiston – 2,9 tonna;

BAA – 1 tonna;

Belarus – 0,5 tonna.

nok_p28077