2020- yilning 2–3- noyabr kunlari “MDH mamlakatlari bo‘yicha elektron chiqindilarning mintaqaviy monitoringi” loyihasi doirasida elektron chiqindilar qonunchiligi, statistikasi hamda ulardan foydalanish bo‘yicha vebinar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur vebinarda Davlat statistika qo‘mitasidan Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi bosh mutaxassisi Nigora Dexkanova ishtirok etdi.
Ushbu tadbirda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlarining statistika xizmatlari hamda atrof-muhitni muhofaza qilish tashkilotlari vakillari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Universiteti, BMTning Atrof-muhit bo‘yicha dasturi, Germaniya federatsiyasining Atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi, Xalqaro elektroaloqa kengashi ekspertlari qatnashdi.


Vebinarda ishtirokchi davlatlarda elektron chiqindilar bo‘yicha mavjud qonunchilik va elektron chiqindilardan foydalanish sohasida ishonchli ma'lumotlarni yig‘ish masalasida fikr-mulohaza almashdi.
Shuningdek, bozorda mavjud yangi ishlab chiqarilgan elektr jihozlar hamda ulardan chiquvchi chiqindilar miqdorini hisoblash hamda statistik ma'lumotlarni tahlil qilishda ishtirokchilarga ko‘maklashish bo‘yicha ma'lumotlar berildi.

Vebinar ishtirokchilari elektron chiqindilar statistikasini takomillashtirish bo‘yicha kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar xususida tegishli chora-tadbirlarni beligilab olishdi.
Axborot xizmati


