Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-oktyabr holatiga O‘zbekistonda chet el investitsiyalari ishtirokida jami 17 188 ta korxonalar faoliyat yuritmoqda.

Ulardan 4 134 tasi qo‘shma va 13 054 tasi xorijiy korxonalardir.

Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar soni oxirgi 5-yilda 1,8 barobarga oshgan.

O‘zbekistondagi chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar soni bo‘yicha TOP-10 davlatlar:

Xitoy – 4 570 ta

Rossiya – 3 150 ta

Turkiya – 2 048 ta

Qozog‘iston – 1 165 ta

Janubiy Koreya – 681 ta

Afg‘oniston – 616 ta

BAA – 377 ta

Tojikiston – 364 ta

Hindiston – 343 ta

Qirg‘iziston Respublikasi – 339 ta

xorij-korxonalar_p94601