Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar—avgust oylarida O‘zbekistonda fuqarolik obyektlarini qurilishi bo‘yicha 39,6 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 9,6 trln so‘mga yoki 25,8 % ga oshgan. Fuqarolik obyektlarini qurish yo‘nalishi 21 % ulushni tashkil etdi.
Ushbu ko‘rsatkichning hududlar kesimida dinamikasi quyidagicha:
Qoraqalpog‘iston Resppublikasi — 1584,8 mlrd so‘m
Andijon viloyati — 1449,1 mlrd so‘m
Buxoro viloyati — 2920,9 mlrd so‘m
Jizzax viloyati — 887,7 mlrd so‘m
Qashqadaryo viloyati — 1279,5 mlrd so‘m
Navoiy viloyati — 1860,8 mlrd so‘m
Namangan viloyati — 790,2 mlrd so‘m
Samarqand viloyati — 6789,8 mlrd so‘m
Surxondaryo viloyati — 2041,3 mlrd so‘m
Sirdaryo viloyati — 1223,7 mlrd so‘m
Toshkent viloyati — 4581,5 mlrd so‘m
Farg‘ona viloyati — 2431,6 mlrd so‘m
Xorazm viloyati — 1517,9 mlrd so‘m
Toshkent shahri — 10221,4 mlrd so‘m



