O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF–173-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon viloyatida mazkur tadbirga oid o‘quv-seminarlar o‘tkazilmoqda.
Viloyat statistika boshqarmasi hamda tuman va shahar statistika bo‘limlari tomonidan ro‘yxatga oluvchi xodimlarni tayyorlaydigan murabbiylar uchun amaliy o‘quv-seminarlar tashkil etilmoqda.




Seminarlar davomida ishtirokchilarga Farmonning mazmun-mohiyati, ro‘yxatga olish jarayonining bosqichlari va ahamiyati haqida atroflicha tushunchalar berilayotir. Shu bilan birga, ro‘yxatga olishda qo‘llaniladigan axborot tizimlari, elektron savolnomalarni to‘ldirish tartibi va axborot xavfsizligi masalalari yuzasidan amaliy tavsiyalar ham taqdim etilmoqda.




Mazkur o‘quv-seminarlar aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini yuksak saviyada, xalqaro standartlar talablariga mos holda tashkil etishga xizmat qiladi. Shu orqali aholi soni, tarkibi va qishloq xo‘jaligi resurslari to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlar bazasini yaratishga zamin yaratiladi.


