Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish toʻgʻrisida”gi PF–173-sonli Farmoniga muvofiq, 2026-yilning 15-yanvar — 28-fevral kunlari mamlakatimizda “Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish” tadbiri oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Mazkur jarayonda fuqarolarda yuzaga keladigan savol-javoblar uchun chatbot – https://t.me/census_2026_bot ochildi. Chatbot orqali foydalanuvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga interaktiv menyudan javob olishlari yoki savollarini yozib qoldirishlari mumkin.

Chatbot hozirda test rejimida ishlayotganligini ma’lum qilamiz. Ro‘yxatga olish jarayonlari boshlangunga qadar foydalanuvchilar takliflari asosida chatbot faoliyati takomillashtirib boriladi.

p