Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda 2025-yilning 1-oktabr holatiga 57,8 mingta sanoat korxonasi faoliyat yuritmoqda.
Ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha:
Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish – 11,5 mingta;
Boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlabchiqarish – 8,2 mingta;
Kiyim ishlab chiqarish – 5,8 mingta;
Tayyor metall buyumlar ishlab chiqarish – 4,7 mingta;
Mebel ishlab chiqarish – 4 mingta;
Toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish – 3,6 mingta;
Rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqarish – 2,7 mingta.



