Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistondan xorijga qiymati qariyb 1,5 mlrd AQSH dollariga teng bo‘lgan 1,6 mln tonna meva-sabzavotlar eksport qilgan.

Eksport hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 111,5 ming tonna yoki 7,5 foizga oshib, jami eksportdagi ulushi 5,5 % ni tashkil etdi.

Ularning tarkibi quyidagicha:

meva va rezavorlar – 456,1 ming tonna;

sabzavotlar – 504,4 ming tonna;

tarvuz-qovun – 229,2 ming tonna;

yeryong‘oq va yong‘oqlar – 17,7 ming tonna;

mosh – 36,4 ming tonna;

boshqalar – 362,5 ming tonna.

meva-sabzavot_p89500