O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF–173-sonli Farmoniga muvofiq, 2026-yilning 15-yanvar — 28-fevral kunlari mamlakatimizda “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish” tadbiri o‘tkazilishi belgilangan.

Ushbu muhim tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Namangan viloyati statistika boshqarmasi hamda tuman va shahar statistika bo‘limlari tomonidan joylarda ro‘yxatga oluvchi xodimlarni tayyorlaydigan murabbiylar uchun o‘quv-seminarlar tashkil etilmoqda.

photo_2025-10-28_18-27-03_p78540

photo_2025-10-28_18-26-59_p37487

photo_2025-10-28_18-26-56_p23005

photo_2025-10-28_18-26-53_p43072

Seminarlar davomida ishtirokchilarga Prezident Farmonining mazmun-mohiyati, ro‘yxatga olish jarayonining bosqichlari va uning ahamiyati haqida atroflicha ma’lumotlar berilmoqda. Shuningdek, ro‘yxatga olishda foydalaniladigan axborot tizimlari, elektron savolnomalarni to‘ldirish qoidalari va axborot xavfsizligiga oid mavzular bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etilmoqda.

photo_2025-10-28_18-26-42_p76974

photo_2025-10-28_18-26-26_p22098

photo_2025-10-28_18-26-56_p23005

photo_2025-10-28_18-40-56_p27841

Bu kabi o‘quv-seminarlar aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonini samarali tashkil etish, uni xalqaro standartlar talablari asosida amalga oshirishga xizmat qiladi. Shu orqali aholi soni, tarkibi va qishloq xo‘jaligi resurslariga oid ishonchli ma’lumotlar bazasi yaratiladi.