2020- yilning yanvar - sentabr oylarida 6667,1 ming tonna don ekinlari yetishtirilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 2019- yilning mos davriga nisbatan 102,4 %ni tashkil qildi. Shundan, boshoqli don ekinlari 6046,8 ming t. yoki jami ishlab chiqarilgan don ekinlarining 90,7% ini tashkil etadi.

Boshoqli don ekinlari yetishtirishning eng katta hajmi 5143,0 ming t. yoki umumiy yetishtirish hajmidan 85,1 %i fermer xo‘jaliklarida qayd etildi.
Boshoqli don ekinlari ishlab chiqarish umumiy hajmining eng yuqori ulushi Qashqadaryo viloyati (12,9%) hissasiga to‘g‘ri keldi. Shu bilan birga, Jizzax (10,5%) va Farg‘ona (10,0%) viloyatlarida ham boshoqli don ekinlari ishlab chiqarishning yuqori ko‘rsatkichlari qayd etildi.
Axborot xizmati


