Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2025-yilning yanvar-sentabr oylarida 29 ta davlatdan qiymati 807,3 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 56 337 dona yengil avtomobil (elektromobillarni qo‘shgan holda) import qilingan.
Import hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1 927 donaga oshgan.
9 oyda O‘zbekistonga eng ko‘p yengil avtomobil yetkazib bergan TOP-10 davlatlar:
Xitoy – 51 770 dona
Koreya Respublikasi – 2 524 dona
AQSH – 511 dona
Yaponiya – 296 dona
Germaniya – 265 dona
Gonkong – 249 dona
Rossiya – 171 dona
Hindiston – 168 dona
BAA – 98 dona
Avstriya – 63 dona
Boshqa davlatlar – 222 dona



