Davlat statistika qo‘mitasining 2020- yil yanvar-sentabr holatiga ko’ra, uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 16 yoshgacha bolalari bo‘lgan uy xo‘jaliklari 74,2 % ni tashkil etdi.
Shundan:
23,0 % bir bolali;
27,1 % ikki bolali;
16,9 % uch bolali;
7,2 % to‘rt va undan ko‘p bolalilarni tashkil etgan.
25,8 % uy xo‘jaliklarda esa 16 yoshgacha bolalar mavjud emas.

Ma’lumot uchun: 2000- yilda 81,4 % uy xo‘jaliklarda 16 yoshgacha bolalar mavjud bo‘lgan bo’lsa, 18,6 % uy xo‘jaliklarda 16 yoshgacha bolalar mavjud bo’lmagan.
Axborot xizmati


