Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar—sentabr oylarida togʻ-kon va ishlab chiqarish sanoati boʻyicha barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalar hajmi 165,3 trln soʻmga yetdi.
Ularning asosiy qismi togʻ kon sanoatining tabiiy gaz qazib olishga (10,7 %) va ishlab chiqarish sanoatining toʻqimachilik mahsulotlari va kiyim ishlab chiqarishiga (13,3 %) toʻgʻri kelmoqda.
Ushbu koʻrsatkichning yillar kesimidagi dinamikasi quyidagicha (yanvar-sentyabr):
Togʻ-kon sanoati
— 2021-yil – 13,8 trln soʻm
— 2022-yil – 11,2 trln soʻm
— 2023-yil – 21,3 trln soʻm
— 2024-yil – 47,9 trln soʻm
— 2025-yil – 44,1 trln soʻm
Ishlab chiqarish sanoati
— 2021-yil – 37,5 trln soʻm
— 2022-yil – 53,0 trln soʻm
— 2023-yil – 66,9 trln soʻm
— 2024-yil – 100,7 trln soʻm
— 2025-yil – 121,2 trln soʻm



