Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda 2025-yilning 1-yanvar holatiga 14 999 ta kutubxona faoliyat yuritmoqda.
Ularda 85 mln nusxada kitob va jurnallar mavjud.
Foydalanuvchilar soni 12,8 mln kishini tashkil etgan boʻlib, ularning 31,6 % ni 14 yoshgacha boʻlgan bolalar, 45,9 % ni 15-24 yoshdagi oʻsmirlar va 22,6 % ni 25 yosh va undan katta yoshdagi fuqarolar tashkil etdi.
Hududlar kesimida kutubxonalar soni quyidagicha:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 934 ta;
Andijon viloyati – 1 065 ta;
Buxoro viloyati – 764 ta;
Jizzax viloyati – 868 ta;
Qashqadaryo viloyati – 1 476 ta;
Navoiy viloyati – 489 ta;
Namangan viloyati – 891 ta;
Samarqand viloyati – 1 863 ta;
Surxondaryo viloyati – 1 159 ta;
Sirdaryo viloyati – 526 ta;
Toshkent viloyati – 1 467 ta;
Fargʻona viloyati – 2 108 ta;
Xorazm viloyati – 688 ta;
Toshkent shahri – 701 ta.
Kutubxonalar soniga mamlakat hududidagi barcha taʼlim muassasalari kutubxonalari, mahalliy hokimiyat organlariga qarashli axborot-resurs markazlari, shuningdek, vazirlik, idora va ular tasarrufidagi tashkilotlarga qarashli barcha axborot-kutubxona markazlari kiritilgan.



