Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–sentabr oylarida me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar hajmi 9,2 trln so‘mni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 15,3 % ga o‘sgan.
Mazkur turdagi hizmatlarning hududlar kesimida hajmi quyidagicha:
Toshkent shahri – 5,6 trln so‘m
Navoiy viloyati – 664,8 mlrd so‘m
Toshkent viloyati – 583 mlrd so‘m
Samarqand viloyati – 448 mlrd so‘m
Surxondaryo viloyati – 302,2 mlrd so‘m
Qashqadaryo viloyati – 245,4 mlrd so‘m
Farg‘ona viloyati – 237 mlrd so‘m
Namangan viloyati – 190 mlrd so‘m
Andijon viloyati – 188,3 mlrd so‘m
Buxoro viloyati – 174,4 mlrd so‘m
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 172,3 mlrd so‘m
Jizzax viloyati – 168,3 mlrd so‘m
Xorazm viloyati – 197,6 mlrd so‘m
Sirdaryo viloyati – 49,7 mlrd so‘m



