Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2025-yilning yanvar-sentyabr oylarida 9 ta xorijiy davlatga qiymati 3,8 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 2 282 tonna limon eksport qilgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 122,4 tonnaga oshgan.
2025-yilning 9 oyida Oʻzbekiston eng koʻp limon yetkazib bergan davlatlar:
Rossiya – 1 239 tonna;
Qozogʻiston – 930 tonna;
Qirgʻiz Respublikasi – 107 tonna;
BAA – 2,9 tonna;
Moʻgʻuliston – 1,8 tonna;
Boshqa davlatlar – 1,8 tonna.



