Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-noyabr holatiga O‘zbekistonda 399,8 mingta tijorat tashkilotlari faoliyat yuritmoqda.

Ulardan 313 mingtasi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MCHJ) bo‘lib, bu umumiy korxonalar sonining 78,3 foizini tashkil etdi.

Tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha korxonalar soni quyidagicha:

Masʼuliyati cheklangan jamiyat – 313 043 ta (78,3 %);

Xususiy korxonalar – 46 776 ta (11,7 %);

Oilaviy korxonalar –36 161 ta (9 %);

Aksiyadorlik jamiyati – 632 ta (0,2 %);

Boshqalar –3 199 ta (0,8 %).

business_p97073