2020- yilning yanvar-sentabr oylarida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 7 958,2 ming tonna sut (2019- yilning yanvar-sentabriga nisbatan 2,9 % ga koʻp) ishlab chiqarildi.
Xoʻjalik toifalari orasida sut ishlab chiqarishning eng katta hajmi 7 537,6 ming tonna yoki umumiy ishlab chiqarish hajmidan 94,7 %i dehqon (shaxsiy yordamchi) xoʻjaliklarida qayd etildi.

2019- yilga nisbatan koʻrsatib oʻtilgan davrlarda, fermer xoʻjaliklarida 16,4 % va dehqon (shaxsiy yordamchi) xoʻjaliklarida 2,3 % oʻsish kuzatildi.
Sut ishlab chiqarishning umumiy hajmiga nisbatan eng yuqori ulush Samarqand viloyatiga (12,3 %) toʻgʻri keldi. Shu bilan birga, eng past ulush Qoraqalpogʻiston Respublikasida (2,9 %) kuzatildi.
Axborot xizmati


