Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-sentabr oylarida AT parki (IT park) ishtirokchilari tomonidan ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 21,9 trln so‘mga yetgan.
Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 8,9 trln so‘mga o‘sgan.
Mazkur davrda AT parki ishtirokchilarining xizmatlar eksporti hajmi 480,9 mln AQSH dollarini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga qaraganda 180,8 mln dollarga ko‘p.
Moliyalashtirishning barcha manbalari hisobidan asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi 369,8 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 144,1 mlrd so‘mga oshgan.



