Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-noyabr holatiga O‘zbekistonda chet el investitsiyalari ishtirokida jami 17 595 ta korxonalar faoliyat yuritmoqda.
Ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha:
savdo sohasida – 6 286 ta;
sanoat sohasida – 3 647 ta;
qurilish sohasida – 1 358 ta;
axborot va aloqa sohasida – 1 354 ta;
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 725 ta;
tashish va saqlash sohasida – 572 ta;
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 437 ta;
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida – 206 ta;
boshqa sohalarda – 3 010 ta.



