Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonning import hajmi 33,1 mlrd AQSH dollariga yetgan.
Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 15,6 % ga o‘sgan.
Import tarkibida eng katta ulush mashinalar va transport asbob-uskunalari (33,9 %), sanoat tovarlari (15,9 %) hamda kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar (12,3 %) hisobiga to‘g‘ri keladi.
Import tarkibi quyidagicha:
Mashinalar va transport asbob-uskunalari — 11,2 mlrd dollar (33,9 %)
Sanoat tovarlari — 5,3 mlrd dollar (15,9 %)
Kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar — 4,1 mlrd dollar (12,3 %)
Xizmatlar — 3,6 mlrd dollar (11 %)
Oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar — 3,1 mlrd dollar (9,3 %)
Mineral yoqilg‘i, moylash materiallari va shunga o‘xshash — 2,6 mlrd dollar (7,9 %)
Turli xil tayyor buyumlar — 1,2 mlrd dollar (3,7 %)
Nooziq-ovqat xomashyo (yoqilg‘idan tashqari) — 1,1 mlrd dollar (3,3 %)
Hayvon va o‘simliklar moylari (yog‘lari), yog‘lar va mumlar — 387,5 mln dollar (1,2 %)
Ichimliklar va tamaki — 251 mln dollar (0,8 %)
Boshqa tovarlar — 229,7 mln dollar (0,7 %)


