Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-noyabr holatiga O‘zbekistonda 465,9 mingta korxona va tashkilotlar faoliyat yuritmoqda.
Korxona va tashkilotlarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha soni quyidagicha:
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida - 33 819 ta
Sanoat sohasida- 58 558 ta
Qurilish sohasida - 29 615 ta
Savdo sohasida - 151 443 ta
Tashish va saqlash sohasida - 17 006 ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida - 29 717 ta
Axborot va aloqa sohasida - 11 511 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida - 13 329 ta
Boshqa sohalarda - 120 946 ta



