Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar-oktabr oylarida 865,8 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,7 % ga oshgan.

Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi respublika bo‘yicha 22,9 mln so‘mni tashkil etdi.

1-noyabr holatiga respublikamizda 58,6 mingta sanoat korxonalari faoliyat yuritmoqda.

Hududlar kesimida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 22,5 trln so‘m

Andijon viloyati — 83,7 trln so‘m

Buxoro viloyati — 39,4 trln so‘m

Jizzax viloyati — 29 trln so‘m

Qashqadaryo viloyati — 37,2 trln so‘m

Navoiy viloyati — 155,1 trln so‘m

Namangan viloyati — 30,9 trln so‘m

Samarqand viloyati — 45,8 trln so‘m

Surxondaryo viloyati — 14,4 trln so‘m

Sirdaryo viloyati — 20,6 trln so‘m

Toshkent viloyati — 132,4 trln so‘m

Farg‘ona viloyati — 44,9 trln so‘m

Xorazm viloyati — 27,1 trln so‘m

Toshkent shahri — 167,6 trln so‘m

sanoat_p32717