Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekistonning chakana savdo tovar aylanmasi 356,6 trln so‘mni tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10,3 % ga o‘sgan.
1-noyabr holatiga chakana savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 85 585 tani tashkil etdi.
Mazkur davrda ulgurji savdo tovar aylanmasi 393,9 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 12,2 % o‘sishni qayd etdi.
1-noyabr holatiga respublikamizda ulgurji savdo sohasida 50 763 ta tijorat korxonalari faoliyat yuritmoqda.



