Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yili boshida O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalar soni 1 432 810 nafarni tashkil etgan.
Mazkur davrda respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan oliy ta’lim tashkilotlarining umumiy soni (filiallar bilan birga) 222 tani, xorijiy OTMlar soni 30 tani tashkil etgan.
Talabalarning ta’lim shakli bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:
Kunduzgi ta’lim shakli – 707 287 nafar
Kechki ta’lim shakli – 52 099 nafar
Sirtqi ta’lim shakli – 673 424 nafar



