Joriy yilning 5-dekabr kuni Milliy statistika qo‘mitasida 9-dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.

Unda qo‘mita xodimlari, jamoatchilik vakillari, jurnalistlar, yoshlar vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirda Milliy statistika qo‘mitasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, korrupsiyaviy holatlarga javobgarlik hamda profilaktika chora-tadbirlari haqida ma’lumot berildi.

Tashkilotda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ishlar rasmiy veb-saytda yoritib borilishi, shuningdek, hisobot topshiruvchilarga yaratilgan raqamli tizimlar haqida so‘z yuritildi.


