Joriy yilning 2-dekabr kuni Milliy statistika qo‘mitasida Aksilkorrupsiya oyligi doirasida “9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash” kuniga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

Seminarda xodimlarga korrupsiyaning kelib chiqish tarixi, omillari, Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida hamda korrupsiyaga qarshi kurashishga oid normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalarini tushuntirish, manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish, sohada korrupsiyaga qarshi kurashishda xodimlarning murosasizligini oshirish hamda odob-axloq qoidalari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.

Milliy statistika qoʻmitasi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i O. Soliyev qo‘mita markaziy apparatining boshqarma va bo‘limlari, jumladan, yoshlar xodimlarga O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida” Qonuni, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-oktabrdagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 595-son qarori haqida tushunchalar berdi.

Shu bilan birga, tadbir davomida korrupsiya va unga qarshi kurashish yo‘nalishida intellektual quizlar tashkil etildi.
Shuningdek, xodimlarga manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo’ymaslik, korruspiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish, xorijiy davlatlarda rasmiy tashrif davomida sovg‘alar qabul qilinishi tartibi hamda odob-axloq qoidalariga rioya qilish bo‘yicha tushuntirildi.
Targ‘ibot tadbirlari davomida xodimlarning yuqoridagi hujjatlar yuzasidan berilgan savollariga batafsil javoblar berildi.


