Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-oktabr holatiga O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli 4 725,9 mingta avtotransport vositalari ro‘yxatga olingan.

Ularning asosiy qismini yengil avtomobillar (jamiga nisbatan ulushi 92,9 %) tashkil etadi. 2024-yilning mos davriga nisbatan avtomobillar soni 415,3 mingtaga oshgan.

Jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalarining turlari bo‘yicha soni quyidagicha:

– yengil avtomobillar – 4 392,4 ming dona;

– yuk avtomobillari – 312,7 ming dona;

– mikroavtobuslar – 7,5 ming dona;

– maxsus transport vositalari – 7,3 ming dona;

– avtobuslar – 6 ming dona.

avto_p25737