Xalqaro ekspertlar Sirdaryo viloyatida ro‘yxatga olish jarayonlariga 2026 yilda mamlakatimizda aholi va qishloq xo‘jaligi ro‘yxatiga olishni amalga oshirish xalqaro standartlarga muvofiq va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda olib borilayotgan keng ko‘lamli tadbirlar orqali taʼminlanmoqda. Jahon banki ekspertlari Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurib, aholi va qishloq xo‘jaligi ro‘yxatiga olishga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdilar.
Ishchi tashrif doirasida ekspertlar Mirzaobod tumanidagi “Bog‘iston” mahallasiga, Sirdaryo viloyatidagi bir qator shtablarga tashrif buyurib, joylarda olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari, o‘quv jarayoni hamda rejalashtirilgan tadbirlarni amalga oshirish holati bilan o‘rganib chiqdilar.




Xalqaro ekspertlar joylardagi mutaxassislar bilan fikr almashdilar va ro‘yxatga olish jarayonlarini yana-da takomillashtirish, shuningdek xalqaro tajribani joriy etish bo‘yicha o‘z takliflarini taqdim etdilar.
Taʼkidlash joizki, biroz oldin xalqaro ekspertlar Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga ham tashrif buyurib, aholi va qishloq xo‘jaligi ro‘yxatiga olishga tayyorgarlik ishlari bilan tanishgan edilar.


