O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF-173-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida mamlakatimizda mazkur yirik tadbirga tayyorgarlik va targ‘ibot ishlari izchil davom ettirilmoqda. Bu borada Namangan davlat pedagogika institutida ro‘yxatga olish jarayonining ahamiyati, mazmun-mohiyati va mamlakat taraqqiyotidagi o‘rniga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

photo_5280846055362726996_y_p51538

photo_5280846055362727013_y_p92649

photo_5280846055362727014_y_p34631

Tadbirda mutaxassislar tomonidan 2026-yilda o‘tkaziladigan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning maqsad va vazifalari, uning xalqaro standartlar asosida amalga oshirilishi, raqamlashtirish va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish jarayonidagi asosiy ustunliklari haqida fikrlar bildirildi. Shuningdek, ro‘yxatga olishda har bir fuqaroning ishtirok etishi, to‘g‘ri va aniq maʼlumot taqdim etishi natijalarning sifatini belgilab berishi alohida taʼkidlandi.

Uchrashuv davomida talabalar ro‘yxatga olish jarayoniga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar. Davra suhbati yoshlarning jarayonga bo‘lgan tushunchalarini yanada boyitish, fuqarolik masʼuliyatini oshirishga xizmat qildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga ro‘yxatga olish tadbiri mamlakatning demografik va iqtisodiy rivojlanish strategiyasini belgilashda muhim manba ekani, har bir fuqaroning faol ishtiroki esa uning samaradorligini taʼminlashda hal qiluvchi omil bo‘lib hisoblanishi qayd etildi.