Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-oktabr oylarida jami 27,5 ming nafar Fransiya fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,8 ming nafarga yoki 26,9 foizga oshgan.

Ularning safar maqsadlari bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:

sayohat – 25,2 ming nafar;

xizmat yuzasidan – 1,1 ming nafar;

qarindoshlarni yo‘qlash – 1 ming nafar;

o‘qish – 76 nafar;

tijorat – 20 nafar.

germon_p14342_p79140