Joriy yilning 23-dekabr kuni Milliy statistika qoʻmitasida “Eng namunali statistika xodimi” tanlovining respublika bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda tanlovning hududiy bosqichlarida gʻalaba qozongan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari vakillari ishtirok etdi.

p

p

Tanlov statistika organlarida faoliyat yuritayotgan xodimlarning kasbiy salohiyatini oshirish, ilgʻor ish tajribalarini aniqlash va ragʻbatlantirish, shuningdek, soha xodimlari oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida tashkil etildi.

p

p

p

Respublika bosqichida ishtirokchilar rasmiy statistika sohasidagi qonunchilik va normativ-huquqiy hujjatlarni bilish darajasi, kasbiy bilim va koʻnikmalari, amaliyotda ularni qoʻllay olish mahoratlari asosida baholandi. Shuningdek, davlat tilini mukammal bilish, raqamli texnologiyalardan foydalanish, xorijiy tillarni bilish darajasi, xizmat odobiga rioya etish, ish jarayonlarini takomillashtirish boʻyicha tashabbuslari ham muhim mezonlar sifatida inobatga olindi.

photo_2025-12-23_20-24-02_p36626

photo_2025-12-23_20-24-01-2_p42921

Yakuniy natijalarga koʻra:

1-oʻrin — Dilafruz Abdullayeva (Qoraqalpogʻiston Respublikasi),

2-oʻrin — Islom Islomov (Buxoro viloyati),

3-oʻrin — Ozod Xudoynazarov (Toshkent viloyati)ga nasib etdi.

p

p

p

Gʻoliblar diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Shuningdek, tanlovda faol ishtirok etgan bir qator xodimlar maxsus nominatsiyalar hamda esdalik sovgʻalari bilan ragʻbatlantirildi.

p

Mazkur tanlov statistika tizimida mehnat qilayotgan xodimlarning kasbiy nufuzini oshirishga, ularni yangi gʻoya va tashabbuslarga undashga xizmat qildi.