Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–noyabr oylarida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 916 trln so‘mni tashkil etdi (norasmiy va yashirin iqtisodiyotni baholash bo‘yicha o‘tkazilgan statistik kuzatuvlar natijalari hisobga olingan holda).
Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 14,6 % ga oshdi.
Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi yillar kesimida quyidagicha (yanvar-noyabr):
2025-yil — 916 trln so‘m
2024-yil — 735,6 trln so‘m
2023-yil — 574,8 trln so‘m
2022-yil — 329,3 trln so‘m
2021-yil — 257,2 trln so‘m



