Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yil yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekistonning importi hajmi 41,9 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi.
Import hajmi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 18,7 % ga oʻsgan.
Mazkur davrda Oʻzbekiston 180 ta davlatdan tovar va xizmatlar importini amalga oshirdi.
2025-yilning 11 oyida Oʻzbekiston importidagi TOP-10 davlatlar (AQSH dollarida):
— Xitoy – 12,8 mlrd;
— Rossiya – 7,8 mlrd;
— Qozogʻiston – 3 mlrd;
— Turkiya – 1,7 mlrd;
— Koreya Respublikasi – 1,5 mlrd;
— Germaniya – 1 mlrd;
— Hindiston – 1 mlrd;
— Turkmaniston – 926,2 mln;
— Belarus – 698,8 mln;
— AQSH – 656,1 mln.



