Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2025-yilning yanvar-noyabr oylarida 30 ta xorijiy davlatga qiymati 9,1 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 5,4 ming tonna jiyda eksport qilgan.

Eksport hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,2 ming tonnaga yoki 68,8 foizga oshgan.

Mazkur davrda O‘zbekiston eng ko‘p jiyda yetkazib bergan davlatlar:

Turkiya – 2,1 ming tonna;

Xitoy – 957,9 tonna;

Qozog‘iston – 852,6 tonna;

Rossiya – 508 tonna;

Ozarbayjon – 396,3 tonna;

Boshqa davlatlar – 568,8 tonna.

chilonjiyda_p55063