Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-noyabr oylarida sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqarish sanoati hissasiga to‘g‘ri kelib, hajmi 825,1 trln so‘mni tashkil etdi.
Seksiyalar bo‘yicha sanoat ishlab chiqarishi hajmi quyidagicha:
— ishlab chiqarish sanoati – 825,1 trln so‘m (85,6 %)
— tog‘-kon va ochiq konlarni ishlash – 69,3 trln so‘m (7,2 %)
— elektr gaz bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash – 63,4 trln so‘m (6,6 %)
— suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish – 5,5 trln so‘m (0,6 %).



