Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar-noyabr oylarida fuqarolik obyektlari qurilishida 56,7 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, jami qurilish ishlaridagi ulushi 20,7 % ni tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davri bilan solishtirilganda 27,5 % ga oshgan.
Hududlar kesimida fuqarolik obyektlari qurilishi hajmi:
Qoraqalpog‘iston Resp. - 2,2 trln so‘m
Andijon viloyati - 2 trln so‘m
Buxoro viloyati - 4,2 trln so‘m
Jizzax viloyati - 1,3 trln so‘m
Qashqadaryo viloyati - 1,7 trln so‘m;
Navoiy viloyati - 2,5 trln so‘m
Namangan viloyati - 1,1 trln so‘m
Samarqand viloyati - 10,1 trln so‘m;
Surxondaryo viloyati - 2,8 trln so‘m;
Sirdaryo viloyati - 2 trln so‘m
Toshkent viloyati - 6,5 trln so‘m
Farg‘ona viloyati - 3,4 trln so‘m
Xorazm viloyati - 2,3 trln so‘m
Toshkent shahri - 14,6 trln so‘m



