Joriy yilning 11- noyabr kuni Xalqaro savdo markazi va O’zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamkorligida “O’zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga qo’shilish jarayoniga ko’maklashish” lohiyasining birinchi yig’ilishi videokonferensiya tarzida bo’lib o’tdi.


Ushrashuvda Yevropa Ittifoqining O’zbekistondagi vakolatxonasi, Xalqaro savdo markazi hamda O’zbekistonning tegishli vazirlik va idoralarining ma’sul vakillari qatnashdi.
Davlat statistika qo’mitasidan Rаisining iqtisodiy statistika bo’yicha o’rinbosari Ikramov Agzam Anvardjonovich, Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boshqarmasi boshlig’i Botir Irgashev, Xalqaro hamkorlik va axborot almashuv boshqarmasi boshlig’i Odiljon Mamadaliyev ishtirok etishdi.


Tadbirda loyiha rahbari Xalqaro savdo markazi vakili - Jan Sebastian Ruhr, Yevropa Ittifoqining O'zbekistondagi vakolatxonasi hamkorlik bo'limi rahbari Fransua Bego, O’zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi vaziri o’rinbosari Abidov Badriddin Nurutdinovich va boshqalar so’zga chiqishdi.
Tadbirda “O’zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga qo’shilish jarayoniga ko’maklashish” loyihasining dastlabki natijalari va keyingi boshqichlari muhokama qilindi.
Axborot xizmati


