Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-noyabr oylarida jami 2 525 nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Italiyaga safar qilgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 517 nafarga yoki 25,7 foizga oshgan.

Ularning safar maqsadlari bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:

sayohat – 2 008 nafar;

qarindoshlarni yo‘qlash – 332 nafar;

o‘qish – 94 nafar;

xizmat yuzasidan – 80 nafar;

davolanish – 11 nafar.

italy_p79270