Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2025-yilning yanvar-noyabr oylarida 43 ta xorijiy davlatga qiymati 55,3 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 38,9 ming tonna quritilgan olxo‘ri eksport qilgan.
Eksport hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 15 ming tonnaga yoki 62,9 foizga oshgan oshgan.
Mazkur davrda O‘zbekiston eng ko‘p quritilgan olxo‘ri yetkazib bergan davlatlar:
Xitoy – 21,6 ming tonna;
Qozog‘iston – 6,2 ming tonna;
Rossiya – 6 ming tonna;
Turkiya – 1,2 ming tonna;
Belarus – 793,1 tonna;
Gruziya – 711,5 tonna;
Boshqa davlatlar – 2,4 ming tonna.



