Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-dekabr holatiga O‘zbekistonda Janubiy Koreya kapitali ishtirokida jami 683 ta korxonalar faoliyat yuritmoqda.
Ulardan 182 tasi qo‘shma va 501 tasi xorijiy korxonalardir.
Ular sohalar kesimida quyidagicha:
Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi — 31 ta
Sanoat — 142 ta
Qurilish — 54 ta
Savdo — 129 ta
Tashish va saqlash — 16 ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar — 47 ta
Axborot va aloqa — 31 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish — 15 ta
Boshqa turlar — 226 ta



