Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-noyabr oylarida sug‘urta xizmatlari hajmi 10,9 trln so‘mni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 2,9 trln so‘mga oshgan
Sug‘urta xizmatlari hajmida eng katta ulushni baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash, avtotransport vositalari va boshqa transport turlarini sug‘urtalash, yuk va mulkni sug‘urtalash va boshqalar egallab — 81,7 % ni tashkil etgan.
2025-yilning yanvar-noyabr oylarida qayta sug‘urtalash xizmatlari 14,1 % ni, hayotni sug‘urtalash bo‘yicha xizmatlar ulushi esa 4,2 % ni tashkil etdi.



